MATEMATIK TOPISHMOQLAR – Safarova Mohigul Muhammadovnaning shaxsiy veb sayti

MATEMATIK TOPISHMOQLAR

MATEMATIK  TOPISHMOQLAR

Bir  daraxtda  o’n  ikki  butoq,

Uch  yuz  oltmish  besh  yaproq.

Yaproqlarning  bir  yog’i  qora,

Bir  yog’i  oq.                                  (yil, oy, kun, kecha, kunduz )

O’ynar  uchta  qiz  bola ,

Go’yo  ochilgan  lola.

Do’stlari  kelishdi  beshta,

Ayt  ular  bo’ldi  nechta?                                ( 8ta )

Oppoq  tovuq  don  cho’qir,

Suv  ichadi  qorasi .

Necha  tovuq  bo’ladi,

Qo’shilganda  olasi .                                      ( 3ta )

Kelishardi  izlab  buloq,

Bir  echki-yu  ikkiuloq.

Ularda  bor  necha  quloq,

Qancha  oyoq  hamda  tuyoq.                          ( 3×2  3×4   3×8 )

Ko’m-ko’k  archa  ostiga  qurdik  belanchak,

Belanchakda  uchmoqqa  turar  navbatda .

Sakkiz  malla  tulki-yu,  beshta  bo’richa,

Yetti  ayiq  bolasi , bir  juft  quyoncha

Aytinglar-chi  bolalar, hammasi  nechta?               ( 8+5+7+2 =22 )

O’ktam  titdi  o’n  uch  cho’rtan,

Alisher  ham  to’rtta  sazan.

Ulug’bek  tutdi  ikki  laqqa,

Nechta  baliq  chiqdi  qirg’oqqa ?                     ( 13+4+2 = 19 )

Ozingizni  sinab  ko’ring

1-savol. Quydagi  sonlarni  yoza  olasizmi ?

-39899, 10040 sonlaridan  bitta  ortiq.

-80000, 100000, 9999  sonlaridan  bitta  kam.

-38600 dan  100 ta  kam.

-7484  dan  1000 ta  kam.

– Eng  kichik  besh  xonali  son.

–  87323  sonida  nechta  yuzlik  bor?

2-savol.  100305  soni  nechta  raqamdan  tuzilgan  ( 3ta  raqamdan – 1, 0 , 3, 5 )

3-savol. Qandaydir  ikki  sonning  ko’paytmasi  ulardan  biriga  teng  bo’lishi  mumkinmi ? (1×1=1  1×0=0)

Qanday  ikki  sonning  bo’linmasi  ulardan  biriga  teng?

Qanday  ikki  sonning  yig’indisi  ularning  har  biriga  teng ? ( 0+0=0)

4-misol.  720 ning  uchdan  biri  necha ?

5-misol. 137895  va  137985 ni  taqqoslang.

6-misol.  Tomoni  40 m  bo’lgan  futbol  maydoninig  yuzi  qancha  bo’ladi ?  Perimetri – chi ?

7-misol.Eng  kichik  to’rt  xonali  sonni  eng  kichik  ikki  xonali  songa  ko’paytiring .( 1000×10=10000 )

8-misol.  Teskari  yozilganda  o’zgarmaydigan  to’rt  xonali  son  yozing  (1001, 2112, 5665 )

9-misol.  Yarim  metr  necha  dm ?

10-misol.  Akasi  12 yosh  7 oylik.  U  singlisidan  3 yosh  5 oy  katta  bo’lsa,  singlisi  neha  yoshda?                (  4 yosh  2 oy )

Ifoda  tuzish  va  hisoblashga  doir  mashqlar.

1-mashq. 21  va  301  sonlarining  ko’paytmasini  168  ga  orttiring

2-mashq.  6ta  yuz , 2ta  o’n , 9ta  bir  va  4ta  yuz , 9ta  o’ndan  iborat  sonni  yozing.

3-mashq.  1645,2190,1959,199,304  sonlarida  nechta  yuz  bor ?

4-mashq.  14020 ni  107 ga  orttiring .

5-mashq.  804  sonini  yarmini  toping.

6-mashq.  Erkin  kunning  1/3  qismini  uxlaydi. Erkin  necha  soat  uxlaydi.

7-mashq.  100101  va  3  hamda  1002  va  2  sonlari  bo’linmasining  yig’indisini  toping.

8-mashq.  Kvadratning  perimetri  280 sm . Uning  tomoni  nimaga  teng .

9-mashq.  2  va  6  raqamlaridan  foydalanib  uchta  uch  xonali  son  yozing  va  o’sib  borish  tartibida  joylashtiring

10-mashq.  Qanday  ikki  xonali  sonni  17 ga  bo’lganda  qoldiqda  2  hosil  bo’ladi.

 

Mantiqiy topshiriqlar

  1. Maktabga 1-smenada o’qiydigan o’quvchi yo’lda 1-smenadagi 2ta o’rtog’i bilan uchrashib qoldi. Hammasi bo’lib maktabga nechta o’quvchi ketyapti? ( 1 ta)
  2. 7 ta sham yoqishgandi, 2 tasi o’chib qoldi. Nechta sham qoldi? (2 ta)
  3. Yo’lkada 6 ta chumchuq bor edi. Ularning yoniga yana 8 tasi uchib keldi. Shu payt paydo bo’lgan mushuk ulardan 1tasini ushlab oldi. Nechta chunchuq qoldi? (Hammasi uchdi)
  4. Yerdamas yurish ishim

Daraxtdir mening jismim

Shoxiga qo’shib bir dum

Shunda jismim bilarsiz

O’ynab xursand bo’larsiz.                (shaxmat)

  1. Egri-bugri qop-qora

Qator qilib tuzilgan

Zanjir bo’lib uzilgan

Tug’ilganda tili yo’q

Lekin so’zlashga chechan.                (alifbo)

  1. Juda ham mittidir o’zi

Sog’liqni ko’zlar lo’zi

Siz-bizga xizmat etar

Ishlasa ozib ketar.                           (sovun)

  1. Ko’p yillar yashar o’zi

Sira yumilmas ko’zi

Tong otar, bo’lar kech

O’z joyidan jilmas hech.                  (tandir)

  1. Nimani o’ng qo’l bilan ushlash mumkin, lekin chap qo’l bilan ushlash mumkin emas?

(chap qo’l tirsagi)

 

 

 

“7 ”

7 raqamiga ega bo’lish uchun matematik amallarni e’tiborga olgan holda bo’sh kataklarni to’ldiring.

 

 

 

–         =

 

:         +        –

x         =

 

 

 

=        =        =

7

 

 

+                                      =

 

 

 

 

 

 

 

 

“Sonlar piramidasi”

Piramidaning pastki qismidagi sonlar yig’indi shaklida ko’payib boradi. Tepa qismida esa aksincha, sonlarning ayirmasi bajarilib, sonlar kamayib boradi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

1 dan 9 gacha bo’lgan sonlarni shunday joylashtiringki, natijada to’g’ri matematik amallar hosil bo’lsin .

 

2
6

 

 

 

:          x         =

 

–         x        +

37
8

+         x         =

 

 

 

x        –          –

36
1

 

 

+         x                                           =

 

=         =         =

4
17
1

 

 

 

 

Qiziqarli  savollar

  1. Nima uchun inson orqasiga qaraydi?  (Chunki uning boshining orqasida ko’zlari yo’q)
  2. Nima yengilroq : 100kg temir yoki 100kg paxta ? (ikkovi teng )
  3. Yilda eng kalta oy qaysi ? ( May – chunki 3ta harfdan iborat)
  4. Qanday taroq bilqn sochingni tarolmaysan? (Xo’rozning tojisi bilan)
  5. 3ta tayoqchadan, sindirmasdan, 4ta qilish mumkinmi? (tayoqchalardan 4 sonini yasang)
  6. Ovqat qilishdan oldin qozonga nima tashlanadi? (nazar)
  7. Mushuk nimaga yuguradi ? ( chunki ucholmaydi)
  8. Xo’roz o’zini qush deb aytoladimi ? ( yo’q: chunki gapirolmaydi)
  9. Och qoringa nechta tuxum yeyish mumkin? (bitta,chunki birichi tuxumdan keyin och qoringa bo’lmaydi )
  10. Qayerda suv tik turadi ?   (Butilkada,  stakanda)
  11. Qaysi yil atigi bir kun bo’ladi? ( Yangi yil)
  12. Qanday idishdan ovqatlanishmaydi? (Bo’sh)
  13. Nima uchun sigir yotadi ? ( chunki o’tirolmaydi )
  14. Mashina ketayotganda qaysi g’ildiragi aylanmaydi? (zapas g’ildiragi)
  15. Yumgan  ko’zlar bilan nima ko’rish mumkin? (tush)

 

Dam olish daqiqasi

Dam  olish  daqiqalarida o’yin tarzida og’zaki  topshiriqlar  aytib, dars samaradorligini oshirish mumkin. Shu tariqa o’quvchilar charchog’i  tarqaladi, diqqati to’planadi, ish qobiliyati faollashadi.

  1. Kulrang g’ozlar uchdilar

Ko’lmakchaga qo’ndilar

U yon, bu yon qarashib

Yana uchib ketdilar 1, 2, 3…

  1. O’ng qo’limda besh barmoq

Chap qo’limda besh barmoq

Ikkalasi esh barmoq

Har birining nomi bor

O’z o’rnida joyi bor

Boshmaldoq, boshbarmoq

O’rta terak, xo’jaterak

Kenja buva

Hammasi bo’lib

O’n barmoq.             (chapak chalinadi)

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

blog lam dep | toc dep | giam can nhanh

|

toc ngan dep 2016 | duong da dep | 999+ kieu vay dep 2016

| toc dep 2016 | du lichdia diem an uong

xem hai

the best premium magento themes

dat ten cho con

áo sơ mi nữ

giảm cân nhanh

kiểu tóc đẹp

đặt tên hay cho con

xu hướng thời trangPhunuso.vn

shop giày nữ

giày lười nữgiày thể thao nữthời trang f5Responsive WordPress Themenha cap 4 nong thonmau biet thu deptoc dephouse beautifulgiay the thao nugiay luoi nutạp chí phụ nữhardware resourcesshop giày lườithời trang nam hàn quốcgiày hàn quốcgiày nam 2015shop giày onlineáo sơ mi hàn quốcshop thời trang nam nữdiễn đàn người tiêu dùngdiễn đàn thời tranggiày thể thao nữ hcmphụ kiện thời trang giá rẻ